“Tashabbusli byudjet”da 2 mingdan ortiq ovoz olgan barcha loyihaga mablagʻlar ajratiladi
“Tuman va shahar byudjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–197, 07.04.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 85,4 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.
Qarorga koʻra, hokimlar har oyda OAV vakillari ishtirokida tashabbusli byudjet tadbirlari moliyalashtirilishi va bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni jamoatchilikka eʼlon qilib boradi.
Maʼlumot uchun, 2022-yilning birinchi choragida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayoni natijalari boʻyicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 2 215 ta loyiha gʻolib deb topilib, loyihalarni amalga oshirish uchun 1,1 trillion soʻm mablagʻ ajratilishi eʼlon qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring