Tarixiy yodgorlik obyektlarida reklama joylashtirishi mumkinmi?
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining xabar berishicha, madaniy tarixiy yodgorliklarga tashqi reklama bannerlari, turli oʻlchamdagi bilbordlarni oʻrnatish, ularga mix qoqish, simlar bilan osish va boshqa usullar bilan oʻrnatib, unga ziyon yetkazilayotgan holatlar uchrab turadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasida, tashqi reklama va axborot obyektlariga (konstruksiyalariga) doir asosiy talablar belgilab berilgan. Unga koʻra, moddiy madaniy meros obyektlarida tashqi reklamani joylashtirish taqiqlanadi. Bu meʼyor asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan tarixiy obidalarni asrab-avaylash maqsadida mustahkamlangan.
Ushbu sohaga oid Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan boʻlib. Unga koʻra, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish hamda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish boʻyicha javobgarlik choralari kuchaytirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan bunday qoidabuzarliklarni oldini olish maqsadida oʻrganishlar oʻtkazib kelinmoqda. Shuningdek, tadbirkorlar va aholi oʻrtasida “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbirlarini muntazam ravishda tashkil etib kelmoqda, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring