Tarixiy uchrashuvda Shvetsiya Oʻzbekiston terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Shomurodov hisobiga navbatdagi golni yozib qoʻydi

20:59 05 Sentyabr 2021 Sport
1417 0

Xabar berganimizdek, bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Stokgolm shahrida Shvetsiya termasiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu futbolimiz tarixiga kiradi. Sababi vakillarimiz Yevropaning koʻzga koʻringan va kuchli terma jamoasiga qarshi ularning maydonida munosib toʻp surdi.   

Uchrashuv 2-1 hisobida shvedlar foydasiga hal boʻldi. Oʻyin debyutida hamyurtimiz Abdulla Abdullayev avtogol qayd etib, hisobni ochgan boʻlsa, 35-daqiqada Isaak Telin hisobni 2-0 koʻrinishiga keltirib qoʻydi.

Ammo 2-taymda vakillarimiz uyushtirgan tezkor qarshi hujum va Sayfiyev-Shomurodov kombinatsiyasining chiroyli yakuni muxlislar qalbida yangi bosh murabbiy Srechko Katanes tomonidan shakllantirilayotgan jamoamizga nisbatan umid uygʻotdi. Yakuniy natija 2-1, shvedlar foydasiga.

Shomurodov tomonidan kiritilgan golni koʻring va zavqlaning!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?