TAQU rektori ustidan vazirlikka taqdimnoma kiritildi

14:17 04 Oktyabr 2024 Jamiyat
264 0

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Bahrom Toʻlaganov bir vaqtning oʻzida tadbirkorlik bilan ham shugʻullanib kelgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi matbuot kotibi Sherzod Saparov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, agentlik “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish» davlat muassasasi tomonidan oʻtkazilgan tanlovda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Bahrom Toʻlaganovga tegishli firma ishtirok etgani haqidagi xabarlar yuzasidan oʻrganish oʻtkazgan.

“Oʻrganishda B.Toʻlaganov haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida mazkur tanlov gʻolibi “B-TEC” MChJning yagona taʼsischisi ekani, shuningdek, “INTRABAU” MChJda ham ulushga egaligi oʻz tasdigʻini topdi.

Mazkur holatda B.Toʻlaganov tomonidan qator qonunchilik hujjatlari talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan”, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qayd etilgan qonunbuzilishi holatini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?