Tanzaniya hukumati aholini COVID-19ga qarshi emlamaslikka qaror qildi
Tanzaniya tibbiyot idoralari koronavirusga qarshi vaksinani sotib olish, mamlakatga olib kirish va aholini emlash niyatida emas. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Doroti Gvajima soʻzlariga tayanib xabar bermoqda.
“Tanzaniya Sogʻliqni saqlash vazirligi COVID-19ga qarshi emlashni amalga oshirishni rejalashtirmayapti”, dedi vazir matbuot anjumanida.
Gvajimaning soʻzlariga koʻra, tanzaniyaliklar ushbu infeksiya bilan bogʻliq vaziyatda toʻliq xavfsizdirlar. U fuqarolarni asosiy gigiyena meʼyorlariga rioya qilish, shuningdek, zarurat tugʻilganda ingalyatsiya qabul qilishga chaqirdi.
Shuningdek, kimyoviy moddalar boʻyicha davlat xizmati rahbari Fideliche Mafumiko virusni dorivor oʻtlar bilan davolashni taklif qildi.
Maʼlumot uchun, yanvar oyida Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanishga hojat yoʻqligini maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring