Eron 2024-yilda Oʻzbekistonga neft eksportini 18 foizga oshirdi

Oʻzbekiston 2024-yil 20-martdan 20-dekabrgacha Erondan 292 million AQSH dollari miqdorida neft sotib oldi. Bu haqda “Trend” nashri Eron bojxona maʼmuriyati maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Unga koʻra, 2024-yilda neft yetkazib berish hajmi qiymati boʻyicha bundan avvalgi yilga nisbatan 18 foizga oshgan. Miqdor jihatidan esa mamlakatga neft importi 14 foizga koʻpayib, 364 ming tonnadan 414 ming tonnaga yetdi.
Eron Oʻzbekistonga neftdan tashqari neft-kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, quvurlar, qishloq xoʻjaligi texnikasi va boshqa tovarlarni eksport qilgan. Ushbu davr mobaynida ikki davlat oʻrtasidagi tovar aylanmasining umumiy hajmi 358 million dollarni tashkil etdi.
Taʼkidlash joiz, 2024-yilda Oʻzbekistonning Eron bilan tovar aylanmasi hajmi 497 million dollarga yetgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring