Xususiy klinikada burun operatsiyasini oʻtkazgan departament xodimi vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatining Fargʻona shahrida joylashgan xususiy klinikada burunini operatsiya qildirgan 33 yoshli prokuratura xodimi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlumotlarga koʻra, erkak Fargʻonadagi xususiy klinikalardan biriga burun suyagini operatsiya qildirish uchun oʻz oyogʻi bilan kirgan, biroq qaytib chiqmagan. Operatsiya soat 18:00 da boshlangan, 22:30 da esa bemorning vafot etgani maʼlum boʻlgan.
Hozirda xodimning vafoti bilan bogʻliq holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Maʼlumot uchun, marhum M.M. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Fargʻona viloyati boshqarmasi tezkor boʻlimi tezkor vakili lavozimida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring