“Xalq soʻzi”da “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari ragʻbatlantirildi
Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarishda har bir vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, fuqarolar faol ishtirok etib, uning ravnaqini taʼminlashga munosib hissa qoʻshmoqda. Albatta, ushbu jarayonlarda ommaviy axborot vositalari, xususan, bosma nashrlarning ham alohida oʻrni bor, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Matbuot — davr va zamonning, hayotning maʼnaviy koʻzgusi. Axborot sohasini tubdan isloh qilishga qaratilayotgan eʼtibordan matbuot ham bebahra emas.
Bugungi kunda dunyo shiddat bilan oʻzgaryapti. Barcha sohada axborot olish va uni yetkazish, taʼsirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish hayotiy zaruratga aylangan. Bunday murakkab sharoit oldimizga yangidan-yangi vazifalarni qoʻymoqda. Shulardan kelib chiqib, yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotir.
Bosma nashrlarning boshqa axborot vositalaridan ajralib turadigan jihati borki, u voqealar jarayonini avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi tarixiy manba hisoblanadi. Matbuot nafaqat bugungi kun panoramasini toʻliq koʻrish va kuzatish, balki kelgusidagi istiqbolni ham yaqqol tasavvur qilishga yordam beradi. Bugungi islohotlarning tub mohiyatini keng jamoatchilikka ochiq-oshkora, tushunarli tarzda yetkazuvchi ham — matbuotdir.
Shu maʼnoda, 2021-yil boshida “Xalq soʻzi” va «
Hakamlar hayʼati tomonidan ushbu gazetalar sahifalarida bugungi kungacha chop etilgan ijodiy materiallar koʻrib chiqilib, ular orasidan mamlakatimizda olib borilayotgan shiddatli islohotlar koʻlami tahliliy, qiziqarli, taʼsirchan, samimiy hamda sodda tilda aks ettirilgan eng yaxshi maqolalar saralab olindi.
Tahririyatda 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi arafasida mazkur tanlov gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda “Xalq soʻzi” va «
Quyida tanlov gʻoliblari bilan tanishasiz:
1. Bahodir Sobirov, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori.
2. A
3. Ilhom Sobirov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori.
4. Odil A
5.
6. Bahrom Abdullayev, Urganch davlat universiteti rektori.
7. Bayram
8. Xudoynazar Yunusov, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori.
9.
10. Mahmudjon
11. Ilhomjon Toʻxtasinov, Samarqand davlat chet tillari instituti rektori.
12. Gʻofurjon
Eslatib oʻtamiz, tanlov 2022-yilda ham oʻtkaziladi va gʻoliblar tahririyatning diplom hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Shunday ekan, “Eng yaxshi maqolalar” tanlovida faol ishtirok eting hamda gʻolib boʻling!
Tahririyat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring