Taniqli aktyor Van Damm bola savdosida ayblanmoqda
Arxiv foto
Oʻtgan asrning 80-90-yillardagi oʻzining ajoyib jangovar filmlari bilan tanilgan aktyor Jan-Klod Van Damm odam savdosi, jumladan bolalar xizmatlaridan foydalanish bilan shugʻullangan jinoiy guruhga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Ruminiyaning “Pro TV” telekanali xabariga koʻra, aktyor ruminiyalik bir necha yosh qizlar bilan vaqt oʻtkazgan. Bu haqda uning taxmin qilinayotgan qurbonlaridan birining advokati Adrian Kukulis jurnalistlarga soʻzlab berdi.
“Jinoyat ishi bizning bolalikdagi kumirimiz Van Dammning muloqot qilish chogʻida zaif holatdagi beshta ruminiyalik qiz bilan jinsiy aloqada boʻlganini koʻrsatadi”, — dedi advokat.
Qayd etilishicha, aktyorga qoʻyilgan ayblovlarni uchrashuvlardan birida ishtirok etgani aytilayotgan yosh ayollardan biri tasdiqlagan. Voqealarning oʻzi, nashrga koʻra, Kannda sodir boʻlgan. Advokatning aniqlik kiritishicha, uning ixtiyorida Van Dammning ushbu tadbirlarda ishtirok etganini tasdiqlagan guvohning koʻrsatmalari bor.
Jangovar filmlar uchun qizlarni tanlashni “Kasta Morrely” modellik agentligi egasi, ruminiyalik tadbirkor Morel Bolea amalga oshirgan. Uning oʻzi 2000-yildan 2016-yilgacha voyaga yetmaganlar savdosi ishi boʻyicha asosiy ayblanuvchi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring