Taniqli aktyor va rejissyorlar Qashqadaryo mahallalari va maktablariga tashrif buyurdi

10:31 06 May 2022 Madaniyat
1418 0

Qashqadaryo viloyatida milliy filmlar namoyishi, “Mening kino qahramonim” insholar tanlovi va madaniy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Viloyatga madaniyat va sanʼat namoyandalari, jumladan, taniqli kinoijodkorlar tashrifi uyushtirildi. Tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga muvofiq Qashqadaryo viloyatidagi mahallalarda madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish maqsadida tashkil etildi.

Kinematografiya agentligi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va boshqa tashkilotlar vakillari bilan birgalikda rejalashtirilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, “mahallabay” tizimi doirasida ijodiy uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

Har bir mahallada “Kinoklub” ixtisoslashtirilgan avtotransportlari yordamida yangi milliy filmlar namoyishi tashkil etilmoqda. Qashqadaryolik hamkasblar safiga respublikaning barcha hududlaridan kinoijodkorlar qoʻshilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?