Talabalarning kontrakt toʻlovi ish beruvchilar tomonidan qoplab berilishi mumkin
Hukumat qarori (8-son, 09.01.2026-y.) bilan “Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining buyurtmachilar bilan hamkorligini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu nizom bakalavriat yoʻnalishida 2- va undan yuqori kursda oʻqiyotgan talabalarning oʻqishi uchun shartnoma toʻlovlarini ish beruvchilar tomonidan qoplab berish hamda ularning taʼlimi yakunlangach ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Nizomga koʻra, oliy taʼlim tashkilotlari hamda talabalar oʻrtasida 3 tomonlama shartnomalar tuzishda ishchilar soni 50 nafardan ortiq yoki qiymati kamida 1 mln AQSH dollari boʻlgan investitsiya loyihalariga ega vazirlik, idora hamda tashkilotlar buyurtmachi sifatida ishtirok etishi mumkin.
Talabalar har yili 20-sentyabrgacha saralashda ishtirok etish uchun oliy taʼlim tashkilotiga elektron ariza topshiradi. Bunda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ilova qilinadi.
Talabalar oʻqishni bitirganidan soʻng buyurtmachi korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan ariza topshiradi. Ariza topshirish va saralab olishda ishtirok etuvchi talabgorlarning joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish GPA koʻrsatkichi 3 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi.
Tanlov komissiyasi har yili 15-oktyabrgacha oliy taʼlim tashkilotida talabgorlarni suhbat asosida saralab olishdan oʻtkazadi. Talabgorlarni saralab olishda buyurtmachi vakili xulosasi asosiy mezon hisoblanadi.
Shuningdek, 3 tomonlama shartnoma tuzgan va taʼlimni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar oʻqishini bitirganidan keyin buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring