Tayson 25 mln dollarga ham Xolifild bilan uchinchi jangni oʻtkazishga rozi boʻlmadi

23:56 23 Mart 2021 Sport
1073 0

Foto: USA Today Sports

Superogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson xuddi shu vazn toifasida sobiq jahon chempioni Evander Xolifild bilan uchinchi jangni oʻtkazishdan bosh tortgan.

Bu haqda Evander Xolifildning menejeri Kris Lourens aytib oʻtdi. Unga koʻra, Taysonga jang uchun kafolatlangan 25 million dollar gonorar taklif qilingan, ammo sport bu ringga chiqishga koʻnmagan.

Shuningdek, Xolifild vakili Tayson tomoni rad etish sababini tushuntirmaganini maʼlum qildi.

«Menimcha, bu borada yakuniy qarorga kelindi. Taysonning odamlari bizning barcha takliflarimizni rad etishdi. Bu vaqtni behuda sarflashga oʻxshadi», deydi Lourens.

Tayson va Xolifild oʻrtasidagi birinchi jang 1996-yilda boʻlib oʻtgan. Oʻshanda Xolifild gʻalaba qozongan edi. Bir yil oʻtib, revansh jangida Tayson raqibining qulogʻini tishlab oladi va bahs toʻxtatiladi. 

Tayson professional faoliyati davomida 58 ta jang oʻtkazib, 50 ta gʻalabaga erishgan. 

Professional boksda Xolifild hisobida 44 gʻalaba (29 nokaut bilan), oʻnta magʻlubiyat, ikkita durang bor. U 2011-yil may oyida faoliyatini yakunlagan edi.

Oʻtgan yilning noyabr oyida Tayson yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Roy Jons bilan koʻrgazma bahsni oʻtkazgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?