Taekvondo ITF: Oʻzbekiston ikkita nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi
Bugun Qozogʻiston poytaxtida taekvondo ITF boʻyicha XXII jahon chempionati musobaqalari boshlandi. 100 dan ziyod davlat vakillari qatnashayotgan musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasining 18 ta sportchisi chempionlik uchun kurash olib bormoqda.
Kecha chempionat oldidan Xalqaro taekvondo federatsiyasi (ITF)ning navbatdagi kongressi boʻlib oʻtdi. Unda bir qator masalalar koʻrib chiqildi. Ijroiya qoʻmita aʼzolari tomonidan 2024-yilgi jahon chempionatini oʻtkazishga daʼvogar mamlakatlarning imkoniyatlari tahlil etildi.
Anjumanda ishtirok etgan kongress aʼzolari huzurida jahon chempionatini oʻtkazishga daʼvogarlik qilayotgan davlat vakillari oʻz taqdimotlarini oʻtkazdi. Mamlakatimizdagi shart-sharoitlar, yurtimizning sport potensiali xususida Oʻzbekiston taekvondo milliy assotsiatsiyasi rahbari Laziz Hasanov kongress qatnashchilariga maʼlumot berdi.
Oʻz navbatida Xalqaro taekvondo federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari Oʻzbekistonda sportga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar, yangicha infratuzilmaning vujudga kelayotganini eʼtirof etdi.
Ovoz berish natijalariga koʻra, taekvondo boʻyicha 2024-yil tashkil etiladigan jahon kubogi va IMGC yoʻnalishida yakkakurashlar boʻyicha jahon chempionati musobaqalariga mezbonlik uchun kurashda Oʻzbekiston 145 ta davlat orasida ustunlikka erishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring