Tadqiqotchilar ofis xodimlari oʻrtasida surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish boʻyicha tavsiya berdi

01:37 11 Avgust 2024 Dunyo
396 0

Kamharakat turmush tarzi — koʻplab kasalliklar omili. Asosiy vaqti ish stolida, kompyuter qarshisida oʻtadigan xodimlar bundan koʻp aziyat chekishi maʼlum.

AQSH olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot ayni shu mavzuga bagʻishlandi. Unga 6300 nafardan ortiq ishtirokchi jalb qilindi. Oʻrganish davomida ofis xodimlari oʻrtasida surunkali kasalliklar va erta oʻlim xavfini kamaytirish yoʻllari tadqiq etildi.

Maʼlum boʻlishicha, kuniga sakkiz soatdan koʻproq vaqt kompyuterda davomli oʻtirib ishlash bevaqt oʻlim xavfini 80 foizga oshiradi.

Ammo muammoning oson va samarali yechimi bor: jismoniy faollik darajasini oshirish orqali erta oʻlim ehtimolini 20 foizga, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini esa 11 foizga kamaytirish mumkin.

Olimlar tavsiyasiga koʻra, buning uchun haftasiga kamida 140 daqiqa yengil jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanish zarur. Masalan, shuncha vaqtni yuqori maromda piyoda yurish yoki yoga mashqlariga sarflash yaxshi natija beradi.

Yoxud hafta davomida 75 daqiqa oʻrtacha intensivlikda suzish, yugurish, futbol va basketbol oʻynash ham foydali.

Mashgʻulotlarni har bir odam oʻz qiziqishi, salomatlik koʻrsatkichi va imkoniyatidan kelib chiqib tanlashi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер