Tadbirkorlik faoliyati oʻrganilmoqda

16:30 15 Avgust 2024 Jamiyat
19 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish Inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari B.Mirxamidov tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada oʻrganishlar olib borildi.

Mazkur tadbirkorlik subyekti alkogol mahsuloti ishlab chiqarishda litsenziya olish uchun Inspeksiyaga murojaat qilgan. Unga asosan olib borilgan oʻrganish jarayonida ishlab chiqaruvchi korxonaning ish hajmi, ishlab chiqarish asosiy texnologik uskunalar va mahsulot sifatini aniqlash laboratoriyalarining holati va mosligi, sanitariya-gigiyena talablarga rioya etilganligi hamda ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Unda mazkur soha rivojida sogʻlom muhitni yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Farmon va Qarorning mazmun-mohiyati, isteʼmol va etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish tartibi haqida ham maʼlumotlar berib oʻtildi.

Bugungi kunda respublika miqyosida litsenziyaga ega 54 ta alkogol va 3 ta tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda 144 ta ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari mavjud boʻlib, Inspeksiya xodimlari tomonidan ularga isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda yangi joriy etilgan qoʻshimcha litsenziya talablari tushuntirilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yil 1-oktyabrdan yillik litsenziya toʻlovlarini, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etish, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida mahsulotlarning sifat talablariga, shuningdek, aksiz markalarini qoʻllash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini oʻrnatish kabi yangi mexanizmlar amaliyotga tatbiq etiladi.

Litsenziya talablariga kiritilayotgan bu kabi oʻzgartishlar markirovkalanmagan yoki noqonuniy mahsulot ishlab chiqarish va uni muomalaga kiritilishining oldini olib, bu sohada mavjud yashirin iqtisodiy harakatlarni oʻz vaqtida aniqlashda katta yordam beradi.

Oʻrganishlar jarayonida ushbu korxonada litsenziya olish uchun talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi asosiy texnologik uskunalar va hisoblagichlar toʻliq oʻrnatilmaganligi, texnologik uskunalar oʻrnatiladigan bino-inshootlari toʻliq taʼmirdan chiqmaganligi aniqlanib, tadbirkorlik subyektiga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va qayta murojaat etish tartibi tushuntirildi.

Ayni paytda Inspeksiya tomonidan mazkur yangi mexanizmlar yuzasidan loyihalar ishlab chiqilib, joylarda tadbirkorlik subyektlari bilan tashkil etilayotgan uchrashuv va oʻrganishlarda kerakli taklif va mulohazalar bildirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер