Tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Pattaxon” MFYda yashovchi U.I. oʻz xonadonida tarkibida oltin zarralari mavjud boʻlgan toshlarni maydalashga moʻljallangan yashirin sex tashkil etib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 363,6 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Vobkent tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimalari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Pattaxon” MFYda yashovchi R.O. ham oʻz xonadonida tarkibida oltin zarralari mavjud boʻlgan toshlarni maydalashga moʻljallangan yashirin sex tashkil etib, 383,6 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi masʼul shaxslari boshqarma maʼmuriy binosini hech qanday hujjatsiz gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 195 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Ohangaron tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.” UK rahbari N.B. qiyoslov koʻrigi muddati oʻtgan va nazorat tamgʻalari boʻlmagan elektr hisoblagichdan oʻzboshimchalik bilan foydalanib, 88,3 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Bekobod shahar boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.Sh.” MCHJ rahbari J.X. MCHJga qarashli dala maydonidagi nasoslarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 74,4 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.L.” MCHJ rahbari F.E. MCHJ qarashli koʻp qavatli uyini umumiy foydalanishdagi suv quvuriga ichimlik suvi hisoblagichisiz oʻzboshimchalik bilan ulab, 108,7 ming kub ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga jami 931,8 mln soʻm zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring