“Suverenitetni buzish, chegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz” — Oʻzbekiston Isroilning Dohaga bergan zarbalarini qoralaydi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Qatar poytaxti Dohadagi turar joy hududiga bergan zarbasini keskin qoraladi.
Rasmiy bayonotga koʻra, mazkur hujum Qatarning suverenitetiga tajovuz, chegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tahdid sifatida baholanmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga uyushtirgan hujumlarini qoralaydi va buni Qatar Davlati suverenitetini buzish, chegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz deb baholaydi.
Bunday xatti-harakatlar mutlaqo nomaqbul boʻlib, BMT Nizomini hamda xalqaro huquqning asosiy meʼyor va tamoyillarini jiddiy ravishda mensimaslik hisoblanadi.
Oʻzbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday koʻrinishiga va Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni yanada keskinlashtiradigan qadamlarga izchil ravishda qarshi ekanini bildiradi, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring