Suv xoʻjaligi vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

18:39 22 Yanvar 2025 Jamiyat
215 0

Zokir Eshqurbonovich Ishpulatov Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari – Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda OʻzA.

Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasining Investitsiya, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Zokir Eshqurbonovich Ishpulatov – 1983-yil 24-iyunda Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida tugʻilgan.

Mehnat faoliyatini 2005-yilda Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasi 1-toifali mutaxassisi lavozimida boshlagan.

2008–2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Markaziy texnologik va dispetcherlik xizmati 1-toifali mutaxassis-dispetcheri, bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi boʻlib ishlagan.

2012–2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Suv resurslari balansi va suvni tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, Suv resurslarini boshqarishni tashkil etish va undan oqilona foydalanish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

2018–2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligidagi masʼul lavozimlarda, 2023–2025-yillarda Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?