Surxondaryoda yoshlarga yer maydoni ijaraga beriladi

20:25 20 Iyun 2024 Jamiyat
172 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining 2024-yil 5-aprelda “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingandi.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati boʻyicha yoshlarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun tuman hokimliklari zaxirasidagi 3 ming 205 ta yer uchastkasi e-auksion.uz orqali elektron savdoga chiqarildi.

Jumladan, Oltinsoy tumanidan 218 ta; Angor tumanidan 166 ta; Bandixon tumanidan 242 ta; Boysun tumanidan 4 ta; Muzrabot tumanidan 344 ta; Denov tumanidan 147 ta; Jarqoʻrgʻon tumanidan 157 ta; Qumqoʻrgʻon tumanidan 174 ta; Qiziriq tumanidan 273 ta; Sariosiyo tumanidan 117 ta; Termiz tumanidan 226 ta; Uzun tumanidan 159 ta; Sherobod tumanidan 282 ta; Shoʻrchi tumanidan 391 ta; Termiz shahridan 10 ta yer uchastkalari 30-yilga ijaraga beriladi.

Elektron onlayn auksion savdolari “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladi. Shuningdek, elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblari yer uchastkasi narxini 10-yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib toʻlash imkoniyatiga ega boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?