Surxondaryoda yangi ixtisoslashtirilgan maktablar ish boshladi

11:45 06 Sentyabr 2022 Jamiyat
1157 0

Foto: Xalq so‘zi

Boysun tumanida Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimi tarkibida faoliyat olib boruvchi ixtisoslashtirilgan maktab taqdimoti boʻlib oʻtdi.

480 oʻringa moʻljallangan yangi taʼlim dargohida oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Keng, yorugʻ oʻquv xonalari, sport zal, axborot resurs markazi va boshqa xonalar zamonaviy usulda jihozlangan.

Bu yerda tashkil etilgan robototexnika, nanotexnika, kreativ ijod toʻgaraklari, fizika, matematika, kimyo, informatika, ingliz tili va Oʻzbekiston tarixi kabi fanlarni chuqurlashtirilgan holda oʻzlashtirish uchun barcha zamonaviy sharoitga ega sinfxonalar oʻquvchilarning oʻz iqtidor va salohiyatini yanada oshirishda muhim oʻrin tutadi.

Shuningdek, viloyatdagi Muzrabot va Qiziriq tumanlarida ham Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimining ixtisoslashtirilgan maktablar foydalanishga topshirildi.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?