Surxondaryoda ulkan oʻzgarish va yangilanishlar davom etmoqda
Surxondaryo haqida gap ketganda, koʻz oʻngingizga polvonkelbat, tanti va mehnatkash odamlar gavdalanadi. Bepoyon bogʻu rogʻlar maskani boʻlmish bu goʻzal zaminni gullab yashnashi, obod va koʻrkam boʻlishida surxondaryoliklarning tadbirkorligiyu, ishbilarmonligi qoʻl kelayotgani hech kimga sir emas. Bugungi Surxondaryo jamoliga boqib koʻz toʻymasligining sababi ham bu yerlik odamlarning barcha sohalarda katta muvaffaqiyatlarga erishayotganini omil qilib koʻrsatish mumkin.
Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi islohotlar, amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish va istiqboldagi rejalarni belgilab olish maqsadida Surxondaryoga kelganida bu yangilanishlarga yuksak baho berdi. Aytish joizki, 2019-yil viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 22349,0 milliard soʻmni tashkil etgan boʻlsa, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 25650,0 milliard soʻmga yetdi.
Birgina «Sherobod agro impeks» masʼuliyati cheklangan jamiyati misolida aytadigan boʻlsak, ushbu majmuada 29 gektarlik issiqxonada pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri, baqlajon kabi bozorbop mahsulotlar yetishtirilmoqda va 200 nafar mahalliy yoshlar ish bilan band etilgan.
Prezidentimiz korxona faoliyati bilan tanishar ekan, mahsulot hajmini koʻpaytirish orqali uning tannarxini arzonlashtirish muhimligini taʼkidladi. Shu yerda «Sherobod anor impeks» korxonasi ham tashkil etilgan. 5 million dollarlik mazkur loyiha natijasida anorni qadoqlash va qayta ishlash yoʻlga qoʻyilgan. Bu yerga Janubiy Koreya va Sloveniyadan zamonaviy uskunalar olib kelib oʻrnatilgani oʻzining samaralarini bermoqda. Eng muhimi, sexda anor boʻlmagan paytda ham meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini saralab, bozorga chiqarish imkoniyati mavjud. Bu yerda 6 ming tonna mahsulotni qadoqlash va 2 ming tonna anor sharbatini idishlarga quyish mumkin.
Prezidentimizning Surxondaryoga tashrifi haqida gap ketganda, muvaffaqiyatlar bilan birga baʼzi kamchiliklar, muammolar haqida fikrlar bildirilganini aytib oʻtish joiz. Xususan, davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyati faollari bilan oʻtkazilayotgan yigʻilishda deputatlarni faol boʻlishga chaqirdi, oxirgi yillarda tuman kengashlariga, deputatlarga koʻp vakolatlar berilganini, bu vakolatlardan ular unumli foydalanmayotganini tanqid qildi.
Bu tanqiddan biz deputatlar xulosa chiqargan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlari bilan hamkorlikni yana-da mustahkamlaymiz.
Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifida bildirilgan fikrlardan xulosa chiqargan holda oʻz oldimizga aniq maqsadlarni qoʻyib astoydil ish yuritamiz.
Hazratqul XOʻJAMQULOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring