Surxondaryoda tumanlarida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.D.” MCHJ rahbari Т.F. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 400 mln soʻm kredit garov taʼminotiga fuqaro Х.Х.gа tegishli binoni 520 mln soʻmga baholab taqdim etib, keyinchalik bank filialining soxta xatiga asosan ushbu binoni taqiqdan chiqarishga erishib, kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Uzun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.L.” xususiy korxonasi rahbari Sh.А. va boshqalar 7 nafar fuqaro nomiga soxta hujjatlar orqali 211,8 mln soʻm imtiyozli kredit rasmiylashtirib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring