Surxondaryoda tadbirkorlik subyekti tomonidan tabiatga  52 million soʻmdan ortiq zarar yetkazildi

15:54 30 Noyabr 2023 Jamiyat
139 0

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan “Sangardak Tosh” MCHJda  tegishli tartibda ekologik tekshiruv oʻtkazildi. 

Tekshiruv davomida “Sangardak Tosh” MCHJga qarashli Sariosiyo tumani “Anorzor” mahallasida joylashgan “Tosh saralash va maydalash” sexi tomonidan tuman hududidan oqib oʻtuvchi “Obizarang” daryosi yoqasidan qum-shagʻal xomashyosi  noqonuniy tarzda qazib kelinganligi aniqlandi.

Bu bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi” Qonunning 33-36-40-moddalari, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-18-moddalari, “Yer kodeksi”ning 40-79-90-moddalari  hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil  9-iyuldagi  “Ichki bozorni qum-shagʻal  materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi 3841-sonli qarori talablari buzilgan.

Holat yuzasidan “Sangardak Tosh” MCHJ rahbari M.X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 70 prim 1-moddasining 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, tabiatga 52 million 260 ming soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Belgilangan jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida toʻplangan hujjatlar sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?