Surxondaryoda suyultirilgan gaz toʻldirish shoxobchasi yana bittaga koʻpaydi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Viloyatda hozirga qadar 13 ta suyultirilgan gaz toʻldirish inshooti mavjud edi. Termiz tumanidagi “Qoraxon” mahallasida 15 ming 838 isteʼmolchiga xizmat koʻrsatadigan yangi suyultirilgan gaz toʻldirish shoxobchasining ish boshlashi ular sonini yana bittaga koʻpaytirdi.
Ushbu GTSHning quvvati bir kunda 15,4 tonna, bir oyda 400 tonna suyultirilgan gazni tarqatishga yetadi.
Natijada Termiz tumanidagi 14 ta MFYdagi 12 ming 144 ta xonadon va Jarqoʻrgʻon tumani “Oqtepa” hududida joylashgan 5 ta mahalladagi 3 ming 694 ta xonadon uchun ajratilgan suyultirilgan gaz hajmlari shu yerdan yetkazib berilmoqda.
— Mamlakatimizda soʻnggi yillarda energetika tizimi, shu jumladan, gaz sohasini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, — deydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali boʻlim boshligʻi Ilhom Hayitov. — Buning uchun energotejamkor, zamonaviy ilgʻor texnologiyalar joriy etilib, gaz taʼminoti faoliyati transformatsiya qilinmoqda. Bu borada viloyatimizda ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Termiz tumanida ish boshlagan mazkur yangi suyultirilgan gaz toʻldirish shoxobchasi bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomidir.
Yana bir eʼtiborli jihat, shoxobchada ishchilar uchun ham zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Bu ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, shoxobchaning ish boshlashi bilan gaz ballonlarni yetkazib berishda vaqtni ham, mablagʻni ham tejamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring