Surxondaryoda aholi xonadoniga boʻri kirib qoldi
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi xonadonlarning biriga boʻri kirib qoldi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu boʻyicha xonadon egalari murojaat vazirlikning viloyati boshqarmasiga murojaat qilgan. Murojaat viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda “Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻi xodimlari hamkorligida oʻrganilgan.
Oʻrganish natijasida boʻri Denov tumani Ibn Sino mahallasida yashovchi fuqaro M.I.ning xonadoniga kirib qolgani, fuqaro aholiga zarar yetkazmasligi uchun boʻrini uyida saqlayotgani aniqlangan.
Qoʻshimcha qilinishicha, boʻrining salomatligi mutaxassislar tomonidan koʻzdan kechirilgan va “Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻi hududiga qoʻyib yuborilgan.
“Aholi turar joylarida yirtqich hayvonlarga duch kelganingizda vazirlik yoki vazirlikning tegishli hududiy boshqarmalari ishonch telefon raqamlariga, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga murojaat qiling”, deya eslatib oʻtilgan vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring