Suriyadagi terroristik tashkilotlarni moliyaviy qoʻllab kelgan shaxs uzoq muddatga qamaldi

Andijon shahridagi parhez taomlar oshxonasida oshpaz boʻlib ishlovchi Z.M. oʻzining foydalanuvida boʻlgan telefon apparati yordamida “Instagram”, “Telegram”, “Whatsapp” tarmoqlarida profillar ochib, ular orqali diniy-ekstremistik tashkilotlarning “hijrat” va “jihod” toʻgʻrisidagi materiallarini tinglab, tomosha qilib kelgan. Bu haqida UzA xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro Z.M. Suriya Arab Respublikasidagi “Tavhid va jihod katibasi” hamda “Gʻuroba katibasi” terroristik tashkilotlari safida boʻlgan andijonlik 3 nafar fuqaro bilan 2023-yilning may oyidan muloqotga kirishib, ularning taʼsirida Suriyaga ketishni maqsad qilgan, ammo oilaviy muammolar sababli rejasi amalga oshmay qolgan.
Shuningdek, 2023-yilning avgust-dekabr oylari davomida ushbu fuqarolarning oila-aʼzolari va tanishlari bergan jami 7150 AQSH dollari hamda 41 mln. 230 ming soʻm pul mablagʻini mobil ilovalardan foydalangan holda, kriptovalyuta bilan shugʻullanuvchi shaxslarning hisob raqamlariga oʻtkazish orqali ularga yetkazib bergan. Ular ushbu pul mablagʻlarini kriptovalyuta bilan shugʻullanuvchi shaxslardan oʻzlari uchun zarur boʻlgan xorijiy valyuta koʻrinishida qabul qilib olishgan.
Bundan tashqari, Z.M. ulardan birining sharʼiy nikohdagi turmush oʻrtogʻi boʻlgan, Toshkent shahrida yashovchi ayolni 2023-yilning 19-dekabr kuni “Doʻstlik” chegara oʻtkazish punkti orqali Qirgʻiz Respublikasiga oʻtkazib, kelgusida Turkiya orqali Suriya davlatiga yetib borishi uchun Oʻsh shahridagi aeroportga kuzatib qoʻygan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Z.M.ning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgan. U 10-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Taʼkidlash lozimki, Suriyadagi 3 nafar andijonlikdan biri qurolli toʻqnashuvlarda ayanchli oʻlim topgan deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring