AQSHda yana 1,6 million noqonuniy muhojir deportatsiya qilinishi mumkin

13:56 13 Fevral 2026 Dunyo
433 0

TASS xabar berishicha, AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) direktori vazifasini bajaruvchi Todd Layons mamlakatda hozirda boʻlib turgan taxminan 1,6 million noqonuniy muhojir deportatsiya qilinishi kerakligini maʼlum qilgan.

U AQSH Kongressi Senatining ichki xavfsizlik va davlat ishlari qoʻmitasi aʼzolari oldidagi chiqishida ushbu shaxslarning taxminan 800 ming nafari sudlanganini qayd etgan.

Shuningdek, Layons avvalroq idora xodimlari xorijiy fuqarolikka ega boʻlgan 7 mingdan ortiq uyushgan jinoiy guruh aʼzosini hamda 1,4 mingdan ziyod terrorchi shaxsni qoʻlga olganini bildirgan.

Avval xabar qilinganidek, 2025-yil davomida AQSHni 3 million muhojir tark etgan boʻlib, ularning qariyb 800 ming nafari majburiy tartibda deportatsiya qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер