Sunʼiy intellekt yuzingizga qarab kasalliklaringizni aytib berishi mumkin

Foto: Illustrativ
Tadqiqotchilar yuz haroratini xaritalash orqali diabet va yuqori qon bosimi kabi surunkali kasalliklarni aniqlash imkonini beruvchi texnologiya yaratishdi.
Ushbu sunʼiy intellekt (SI) yuzning turli mintaqalarida harorat farqlarini aniqlash uchun termal kameralardan foydalanadi. Bu haqda “Cell Metabolism” jurnalida chop etilgan maqolada batafsil bayon qilingan.
Ilmiy izlanish shuni koʻrsatadiki, sovuqroq burun va issiq yonoqlar qon bosimining oshishini koʻrsatadi. Tadqiqotchilar 21 yoshdan 88 yoshgacha boʻlgan 2 ming 800 nafar xitoylik ishtirokchining yuz haroratini tahlil qilishib, ana shunday xulosaga kelishdi. Bu jarayonda mutaxassislar insonning termal yoshini bashorat qilish uchun SI modellarini sinab koʻrishdi. Aniqlanishicha, yosh oʻtishi bilan burun sohasidagi harorati pasayib, koʻz sohasining harorati koʻtarilib boradi. Qandli diabet va jigar bilan bogʻliq metabolik kasalliklarga chalingan odamlar tezroq termal qarishi va koʻz atrofidagi harorat yuqorilashgani maʼlum boʻlgan.
“Koʻtarilgan qon bosimi yonoq haroratining oshishi bilan bogʻliq”, deyiladi maqolada. Bu harorat oʻzgarishlari yalligʻlanish bilan bogʻliq hujayra faolligining kuchayishi orqali sodir boʻlishi mumkin.
Tadqiqot shuningdek, jismoniy faollikning termal yoshga taʼsirini oʻrgandi. Maʼlum boʻldiki, ikki hafta davomida har kuni arqondan mashq qilgan ishtirokchilar termal yoshini besh yilgacha qisqartirishga erishganlar.
Mutaxassislar kasallikning erta tashxisi uchun klinik sharoitlarda termal yuz tasvirini qoʻllashni foydali boʻlishiga umid qilmoqdalar. Endi tadqiqotchilar ushbu texnologiya uyqu buzilishi yoki yurak-qon tomir muammolari kabi boshqa jihatlarni bashorat qila oladimi yoki yoʻqligini tekshirishni rejalashtiryapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring