Sunʼiy intellekt 300 million kishini ishsiz qoldirishi mumkin
“Goldman Sachs” hisobotiga koʻra, sunʼiy intellekt texnologiyasining rivojlanishi sabab dunyo boʻyicha 300 million kishi ishsiz qolishi mumkin. Bu haqda moliyaviy institut oʻtkazgan tadqiqot hisobotida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, sunʼiy intellekt tufayli dunyo mehnat bozorida jiddiy buzilish kuzatilishi mumkin. AQSH va Yevropadagi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ish oʻrinlarining uchdan ikki qismi maʼlum darajada avtomatlashtirilishi mumkin. Sunʼiy intellekt 300 million ish oʻrniga taʼsir oʻtkazishi va mehnat bozorida oʻzgarishlar kuzatilishiga sabab boʻlishi mumkin.
Yevropa boʻyicha 24 foiz, AQSHda esa 25 foiz kasblar avtomatlashtirilishi mumkinligi taxmin qilinyapti.
Tahlilga koʻra, sunʼiy intellekt texnologiyasi rivojlangan bozorlarga qaraganda rivojlanayotganlariga kamroq taʼsir oʻtkazadi. Ammo global miqyosda kasblarning 18 foizi sunʼiy intellekt tomonidan avtomatlashtirilishi mumkin. Gonkong, Isroil, Yaponiya, Shvetsiya va AQSH mehnat bozorlari sunʼiy intellekt sabab eng koʻp oʻzgarishga uchrashi kutilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring