Sulton Jaloliddin Manguberdi haqida yangi asar nashrdan chiqdi
Yaqinda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Xorazm viloyati boʻlimi rahbari, Urganch davlat universiteti tadqiqotchisi Bekzod Abdirimovning koʻp yillik ilmiy izlanishlari mahsuli — “Xorazmiylar izini izlab...” nomli asari chop etilgan edi. Muallif bu yoʻnalishdagi ilmiy izlanishlarini davom ettirib pokistonlik olim, doktor Vasim Sajjad bilan hamkorlikda “Sulton Jaloliddin Xorazmshoh Pokistonda” nomli kitobni nashrga tayyorladi. Oʻzbek, ingliz va urdu tillarida chop qilingan ushbu asarda sulton Jaloliddin Manguberdining 1221-1224-yillardagi siyosiy-harbiy faoliyati bilan bir qatorda Pokistonda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqida hikoya qilinadi. Kitobda buyuk sarkardaning zafarli yurishlari, soʻnmas jasoratlari haqida yurtimiz tarixchilari uchun yangilik boʻlgan qimmatli maʼlumotlar keltirilgan.
Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan joriy yilning oktyabr oyida “Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini oʻrganish” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, mazkur asar ushbu yirik anjuman oldidan munosib tuhfa boʻldi.
Odilbek Odamboyev,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring