Stokgolmda Oʻzbekiston delegatsiyasi Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi bilan muzokaralar oʻtkazdi

14:07 25 Aprel 2023 Siyosat
690 0

Stokgolmda Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi Yan Knutsson bilan uchrashdi.

Muzokaralar chogʻida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarning mohiyati va mazmuni haqida maʼlumot berildi, shuningdek, Oʻzbekiston-Shvetsiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Bundan tashqari mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shvetsiya Davlat kotibi Oʻzbekistonning Stokgolmda elchixonasi ochilganidan soʻng oliy darajadagi Oʻzbekiston delegatsiyasining qirollikka ilk rasmiy tashrifini qutladi. Uning fikricha, ushbu tashrif ikki tomonlama siyosiy va parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantirish va mustahkamlash nuqtai nazaridan juda muhim.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Shvetsiya TIV rahbariyatining joriy yilda Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер