SSV: Koreya fondi mablagʻlari yordamida oʻzbekistonlik bolalarda kardioxirurgik amaliyotlar oʻtkazilmoqda
Oʻzbekiston MDH va Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori demografik salohiyatga ega. Yurtimizda bolalar umumiy aholining uchdan bir qismini tashkil etadi. Bolalar milliy tibbiyot markazi esa bolalar tibbiyoti boʻyicha ixtisoslashgan 4-darajali muassasa sifatida Markaziy Osiyoda noyob hisoblanadi.
Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda barpo etilgan ushbu tibbiyot majmuasi keyingi faoliyatida ham koreyalik tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirib bormoqda.
“Milal Heart Foundation” ana shunday tashkilotlardan. Ushbu fond Koreya Respublikasida 1987 boshlab faoliyat yuritib keladi. Bu davr mobaynida 24 ta davlatda 4400 nafar yurak nuqsoni bor bolalarga yangi hayot bagʻishlagan.
Fond Oʻzbekistonda 2018-yilda 5 nafar, 2019-yilda 6 nafar kardiologik nuqsoni bor bolaning Koreyada shifo topishida ishtirok etgan. 2022-yilga kelib avgustda Oʻzbekistonda “Milal Heart Foundation” vakolatxonasi ochildi va Bolalar milliy tibbiyot markazida 10 nafar bolada noyob kardioxirurgik amaliyotlar oʻtkazishda ishtirok etdi.
Bolalar milliy tibbiyot markazida 2023-yil boshidan beri mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan bolajonlar tugʻma yurak nuqsonidan aziyat chekadigan bolalarda 60 ta shunday yuqori texnologik operatsiya fond tomonidan moliliyalashtirildi.
Ushbu xayriya tadbiriga sarmoya kiritgan “Milal Heart Foundation” xalqaro tashkilotining faoliyati mamlakatimizning yetakchi tibbiyot mutaxassislari, shuningdek, markazda davolangan va davolanayotgan bemorlarning ota-onalari tomonidan yuqori baholanmoqda.
Shu sababdan ham Bolalar milliy tibbiyot markazi va fond oʻrtasida ishonchli hamkorlik davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring