Sport vazirligini yangidan tashkil etib, vazir va oʻrinbosarlariga aniq vazifalarni qoʻyganman — Shavkat Mirziyoyev

17:03 23 May 2022 Siyosat
534 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport taʼlimini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Sidney va Rio Olimpiadalarida shuhrat qozongan Andijon, Buxoro va Fargʻona boks maktablari bugungi kunga kelib natija koʻrsatmay qoʻygani taʼkidlandi.

Oʻtgan yili 352 ta respublika musobaqasi oʻtkazilgan boʻlsada, birorta hududda tuman bosqichi, 158 tasida esa viloyat bosqichi tashkil etilmagan.

«Sport vazirligini yangidan tashkil etib, vazir va oʻrinbosarlariga aniq vazifalarni qoʻyganman.

Endi sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi», dedi Prezident.

Eng avvalo, yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilish va iqtidorli sportchilarni tayyorlash borasidagi yondashuvlar oʻzgartiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?