Spiker oʻrinbosari Jizzaxdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi
Kishi nimaniki orzu qilsa va shu yoʻlda astoydil harakat qilsa, albatta, maqsadiga erishadi. Bundan toʻrt-besh yil muqaddam gʻallaorolliklar oynai jahon orqali yurtimizning turli burchaklarida qad rostlagan zamonaviy korxonalarni, ularda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni koʻrib, ularga havas qilishardi.
Mana oradan hech qancha vaqt oʻtmay gʻallaorolliklarning koʻp yillik orzusi amalga oshdi. Ilgari tashlandiq boʻlgan bu joyda “Sangzor tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyat boshladi. Hozir mazkur korxonada 200 nafardan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari A.Haitov Jizzax viloyatiga uchrashuvi davomida ushbu korxonada boʻlib, bu yerda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Hozirgi kunda korxonaning kunlik quvvati 20-25 tonnani, yillik quvvati esa 7500 tonnani tashkil qiladi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan ip-kalava mahsulotlari Xitoy, Rossiya, Pokiston, Turkiya va boshqa davlatlarga eksport qilinmoqda.
Xalq vakili korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishib, ishchi-xodimlar bilan suhbat qildi. Yigʻilganlarga OʻzLiDeP saylovoldi dasturi loyihasidan oʻrin olgan strategik vazifalar haqida soʻzlab berdi.
“Jizzax akkumulyator zavodi” AJni bilmagan yoki u haqda eshitmagan kishi boʻlmasa kerak. Nafaqat mamlakatimizdagi transport vositalari ishlab chiqaradigan korxonalarga, balki baʼzi xorijiy davlatlardagi isteʼmolchilarga ham oʻz mahsulotlarini yetkazib berayotgan mazkur korxonada bugun 500 nafar fuqarolar doimiy ish bilan band.
Mazkur uchrashuvlar doirasida Spiker oʻrinbosari korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularning sifatini koʻzdan kechirar ekan, bu yerda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham qiziqdi.
Suhbat va muloqotlar davomida ishchi-xodimlar tomonidan OʻzLiDeP saylovoldi dasturi loyihasi yuzasidan 30ga yaqin takliflar kelib tushdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari A.Haitovning viloyatdagi oʻrganishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring