Spiker oʻrinbosari fargʻonalik tadbirkorlar bilan uchrashdi
Foto: Халқ сўзи
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Aktam Haitov Fargʻona viloyatida aholi vakillari, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazdi.
Dangʻara tumanidagi “Bek nur klass” MCHJda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi va unda belgilangan ustuvor vazifalar, tadbirkorlik faoliyati rivoji uchun qaratilgan eʼtibor va ragʻbat xususida soʻz yuritildi.
Shuningdek, tadbirkorlar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish, qulay investitsiya muhiti va zarur infratuzilma yaratish boʻyicha boshlangan islohotlar qatʼiy davom ettirilishi taʼkidlandi.
— Korxonamiz 2017-yilda tashkil etilgan boʻlib, zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqarayotgan trikotaj mahsulotlarimizni asosan Rossiyaga eksport qilyapmiz, — deydi “Bek nur klass” MCHJ rahbari Ulugʻbek Ahmadaliyev. – Ayni paytda istiqbolli biznes-reja asosida qoʻshimcha tarmoqlarni ishga tushirish orqali dangʻaralik xotin-qizlar uchun yangi ish oʻrinlari yaratish harakatidamiz. Bugungi muloqot esa yangi loyihalarni amalga oshirishda yana qaysi jihatlarga eʼtibor qaratish, erkin, samarali faoliyat yuritishga doir huquqiy shart-sharoitlar haqida yanada toʻliqroq bilim va tasavvurga ega boʻlishimizga turtki berdi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring