SpaceX Starship 10-sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
Foto: AP Photo / Eric Gay
SpaceX kompaniyasi oʻzining Starship kosmik kemasi prototipi bilan 10-sinov parvozini muvaffaqiyatli bajardi. Kema Hind okeaniga qoʻndi, tezlatgich esa Meksika koʻrfaziga muloyim tarzda tushirildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Raketa Shtatning Texas shahrida joylashgan Starbase kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da (Toshkent vaqti bilan 04:30) uchirildi. Bu safar tezlatgichni start maydoniga nazoratli ravishda qaytarish rejalashtirilmagan edi. U ajralgandan soʻng sekinlashtirilib, Meksika koʻrfaziga tushirildi.
Kompaniya ilk bor Starship yuk boʻlimi orqali Starlink aloqa tizimi uchun moʻljallangan sakkizta sunʼiy yoʻldosh simulyatorini chiqarishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, Raptor dvigateli qayta ishga tushirildi va yerga qaytish jarayonida ishonchlilikni oshirishga qaratilgan bir qator yangilanishlar sinovdan oʻtkazildi.
Taʼkidlanishicha, Starship prototipining avvalgi uch parvozi omadsiz yakunlangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring