Soʻnggi 48 soat ichida Suriyadagi vaziyatni oʻta noziklashgan — OAV
Foto: AP
Suriyaning yangi ichki ishlar vaziri Muhammad Abdul Rahmon payshanba kuni Tartusda sobiq prezident Bashar Asad hukumatining sodiq kuchlari 14 nafar politsiyachini oʻldirganini va yana 10 nafarini yaralaganini maʼlum qildi. Shuningdek, u Suriya xavfsizligiga putur yetkazishga yoki uning fuqarolari hayotini xavf ostiga qoʻyishga jurʼat etgan har qanday odamga qarshi keskin choralar koʻrishga vaʼda berdi.
Chorshanba kuni Aleppo shahridagi alaviylar ziyoratgohining vayronalari aks etgan videodan soʻng bir qancha shaharlarda norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Politsiya Homs, Latakiya, Jable va Tartus shaharlarida ertalab soat 8:00 ga qadar komendantlik soati joriy qilgan. “Al-Jazeera” komendantlik soati bekor qilingan yoki yoʻqligini tasdiqlay olmadi.
Ichki ishlar vazirligi oʻzining Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasida qurolli odamlarning ziyoratgoh ichida yurib, inson jasadlari yonida suratga tushgani aks etgan lavha noyabr oyi oxirida isyonchilarning Halabga qilgan hujumiga oid ekanligini maʼlum qildi. Vazirlik zoʻravonlik nomaʼlum guruhlar tomonidan amalga oshirilayotganini aytib, endilikda mazhablararo nizo qoʻzgʻatmoqchi boʻlayotganini qoʻshimcha qildi.
Davlat matbuotining xabar berishicha, Homs aholisi shahardagi namoyishlarga ozchilikni tashkil etuvchi alaviylar va shia musulmon diniy jamoalari aʼzolari boshchilik qilmoqda. Damashqdan xabar bergan “Al-Jazeera” jurnalisti Suriyadagi vaziyatni soʻnggi 48 soat ichida oʻta nozikligini aytishgan. Yangi maʼmuriyat mintaqalardagi keskinlikni kamaytirish uchun xavfsizlik boʻlinmalariga katta kuchlarni jalb qildi.
Mamlakatning yangi rahbarlari oʻz huquqlaridan qoʻrqqan ozchilik diniy guruhlarni himoya qilishga vaʼda berishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring