Soliq qoʻmitasi raisi sotuvchidan QR kodli chek talab qilgan bola bilan uchrashdi

16:08 22 Iyul 2024 Iqtisodiyot
261 0

Foto: Soliq qoʻmitasi

Avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonlarning birida sotuvchi QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgan edi. Soliq qoʻmitasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, qoʻmita raisi Sherzod Kudbiyev jabrlanuvchi bola bilan uchrashib, unga minnatdorchilik bildirgan.

Qayd etilishicha, qoʻmita rahbari 12 yoshli Shahbozni talabchanligini alohida taʼkidlagan va uning harakatini “oldingizda butun soliq markaziy apparati tikka tursa arziydi” deya baholagan.

Sherzod Kudbiyev bolaning ota-onasiga minnatdorchilik bildirib, u doʻkonda chek soʻraganida hammasini toʻgʻri qilganini aytgan.

“Chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas. Chek soʻraganingni orqasida Sirdaryoda bogʻcha, maktab, yoʻl, oylik, byudjet bor. Buning ortida katta narsalar turibdi. Shahboz, senga katta rahmat”, degan u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер