Soʻxliklar koʻchat ekib, bogʻ yaratishda ham faol
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Purviqor togʻlar bagʻrida joylashgan Soʻx tumanining goʻzal va betakror tabiati barchani oʻziga maftun etadi. “Yashil makon“ umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan saʼy-harakatlar bu maskanning yanada koʻrkam boʻlishiga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Ayni kunlarda tumanning barcha hududlarida boʻlgani kabi “Sarikanda“ va “Nabobad“ mahalla fuqarolar yigʻinidagi boʻsh yer maydonlarida mevali va manzarali daraxtlar ekish, koʻkalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
— Shu mahallada yashovchi bogʻbon Hoji Shukurov oʻz xonadonida 1000 tupdan ortiq manzarali koʻchatlar parvarishlab, hududdagi togʻ va adirliklar qiyaliklarida bogʻ tashkil etishga kirishdi, — deydi “Hazrati Ali” MFY raisi Subhonali Nishonov. — Bundan ruhlangan juda koʻp bogʻbonlar mahalladagi tashlandiq, qaqir yerlarda qavatma-qavat qilib yashil hududlar barpo etmoqda.
Hozirda yangi tashkil etilayotgan yashil maydonlar mahalladagi bogʻbonlarga biriktirib berildi. Shu tariqa har bir bogʻning oʻz egasi boʻlishi va qarovsiz qolmasligi taʼminlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring