Soʻx zaʼfaroni Qatar va Eronga eksport qilinadi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Soʻx tumanining qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan qarovsiz yerlarida intensiv bogʻlar, dorivor giyohlar yetishtirish plantatsiyalari tashkil etilayotgani eʼtiborga loyiq.
Xususan, “Soʻx Shafran” kooperativi tomonidan jahon bozorida xaridorgir zaʼfaron dorivor oʻsimligi yetishtirilmoqda. Bu tarmoq faoliyati yildan yilga rivojlanib, oʻsimlik gulini terib saralash va eksportga chiqarish ishlari samarali yoʻlga qoʻyildi. Besh gektar maydonda parvarishlanayotgan zaʼfarondan oʻtgan yili 20 kilogrammdan ortiq hosil olingan va uning salmoqli qismi eksportga joʻnatilgan edi. Bu yil esa oʻrtacha 50-60 kilogramm qimmatbaho xomashyo yigʻib olish rejalashtirilgan.
Shu kunlarda saralab tayyorlangan mahsulot ichki va tashqi bozorga chiqariladi. Yaqin vaqt ichida mahsulotning salmoqli qismini korxona brendi ostida Quvayt va Eron davlatlariga eksport qilish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.
— Zaʼfaron xalq tabobatida koʻplab kasalliklarga davo boʻlish bilan birga, bugungi kunda uning gulidan olingan xomashyo dunyo pazandachiligi va farmatsevtika sanoatida keng qoʻllanadi, — deydi “Soʻx Shafran” kooperativi rahbari Rashodjon Odilboyev. — Hozirgi kunda mazkur shifobaxsh oʻsimlikni yetishtirish borasida Eron, Xitoy, Italiya, Turkiya, Fransiya, Hindiston, Ozarbayjon singari mamlakatlarda katta tajriba shakllangan.
Quvonarlisi, Oʻzbekiston soʻnggi yillarda zaʼfaron yetishtiruvchi davlatlar qatoriga faol qoʻshilmoqda.
Tadbirkor tashabbusi qoʻllab-quvvatlanib, Soʻx tumani hokimligi tomonidan “Chashma” mahalla fuqarolar yigʻini tasarrufidagi Vargan massividan 12 gektar yer ajratib berilgan. Ayni paytda 5 gektar maydonda zaʼfaron plantatsiyasi barpo etildi. Loyiha doirasida yuzga yaqin doimiy va mavsumiy ish oʻrinlari yaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring