Sogʻlom hayot uchun besh ming qadam
Foto: Халқ сўзи
Samarqand viloyati turizm va sport boshqarmasi tomonidan “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida yurish marafoni oʻtkazildi.
Samarqand shahrining Islom Karimov koʻchasi boʻylab davom etgan marafonda yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan 2 ming nafardan ortiq keng jamoatchilik ishtirok etdi.
— Fevral – giyohvandlikka qarshi kurash oyligi doirasida qator sport tadbirlari belgilangan, — deydi viloyat turizm va sport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Shuhrat Roʻziyev. — Bugun besh ming qadam yurish marafonidan tashqari sportning taekvondo, kurash, dzyudo, kamondan otish turlari boʻyicha musobaqalar belgilangan. Maqsadimiz aholini, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb qilib, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish orqali turli illatlarning oldini olishdan iborat.
A. Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring