Sogʻlom ayol – sogʻlom jamiyat
Foto: Халқ сўзи
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Shahrisabz shahar boʻlinmasi tashabbusi bilan Shahrisabz shahridagi 40 ta mahalla fuqarolar yigʻinining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha rais oʻrinbosarlari ishtirokida estafetali yugurish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
“Sogʻlom ayol - sogʻlom jamiyat” shiori ostida tashkil etilgan bu salomatlik tadbirida yugurishdan tashqari rahbar ayollar voleybol boʻyicha oʻzaro bahs olib bordi.
— Estafetali yugurishda barcha ishtirokchilar ortda qolmaslikka, marraga birinchilar qatorida yetib kelishga intilishdi, — deydi Shahrisabz shahar “Sariosiyo” mahalla fuqarolar yigʻini rais oʻrinbosari Tamara Oripova. — Bu faollik, chaqqonlik va epchillik, albatta, ish jarayonida ham asqatadi. Eng muhimi, rahbar ayollar bu saʼy-harakati bilan mahallalardagi xotin-qizlarga namuna boʻlishdi, ularga goʻyo “mahorat darsi” oʻtab berishdi. Kelgusida tumandagi barcha mahallalarda xotin-qizlar oʻrtasida sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarini muntazam oʻtkazib borishga kelishib olindi.
Gʻolib va sovrindor ayollarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring