Sobiq bitiruvchilar oʻzlari taʼlim olgan maktabning taʼmiriga 50 million soʻm ajratishdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Istam Ibrohimov/“Xalq soʻzi”. Qorakoʻl tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tashkil topganiga salkam yuz yil boʻlyapti. Qadimiy Sayyod qishlogʻida joylashgan bu goʻsha taniqli shoir va olim Tilak Joʻra tahsil olgan dargohligi bilan ham taniqlidir.
— Oʻquv maskanimiz 1176 oʻquvchi oʻrniga ega, — deydi maktab direktori Umid Nurov. — U 2016-yilda 19 milliard soʻm mablagʻ evaziga rekonstruksiya qilingan va yoshlarimizning zamonaviy ilm-fan sirlarini oʻrganishlari uchun zarur barcha qulayliklar muhayyo etilgandi. Jamoamiz davlatimizning shu eʼtibor va gʻamxoʻrligiga munosib boʻlishga harakat qilmoqda. 66 nafar oʻqituvchimizning 16 nafari oliy, 34 nafari birinchi toifali pedagoglardir. Oʻndan ziyod oʻquvchimiz xorijiy tillarni oʻrganish borasida xalqaro sertifikatlarga qoʻlga kiritishgan. Fransuz tili muallimasi Nigora Hasanova vazir ustamasini qoʻshib hisoblaganda 15 million, matematika fani oʻqituvchisi Muhsin Ahmadov 12 million soʻm miqdorida maosh olishmoqda. Biz yaqinda “Mahalla — oila — maktab” hamkorligini mustahkamlash maqsadida bilim dargohimizda tahsil olgan bir guruh sobiq oʻquvchilarimiz bilan uchrashuv tashkil etdik.
Maktab jamoasi erishayotgan yutuqlar bilan yaqindan tanishib, bir lahza boʻlsa-da oʻquvchilik damlariga qaytgan sobiq bitiruvchilar bu yerdagi ayrim yechimtalab masalalarga ham eʼtibor qaratdilar. Ular maktab binosining ayrim taʼmirtalab qismlarini zamonaviy qiyofaga keltirish, xususan, faollar zali, hojatxonalar, hovlidagi favvora taʼmiri uchun 50 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratish fikriga keldilar. Hayal oʻtmay amaliy ishlarga ham kirishildi.
Bu azal-azaldan olimu fuzalolar yurti sanalgan Sayyodda maʼnaviyat va maʼrifat ildizi chuqur ildiz otganidan kichik bir nishonadir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring