S.Lavrov men hurmat qiladigan shaxslardan biri — A.Qodirov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
"S.Lavrov men hurmat qiladigan shaxslardan biri. Juda koʻp fikrlari toʻgʻri boʻladi. Quyidagi soʻzlari ham ayni muddao. Shu soʻzlarni bizning vazir ham Gʻarbning yoniga Rossiyani oʻzini ham qoʻshib qoʻyib foydalansa boʻlarkan.
"Biz Gʻarb bilan doʻst boʻlishga tayyormiz, lekin shuni taʼkidlayman: faqat asrlar va ming yillar davomida mamlakatimiz mavjudligini ota-bobolarimizdan meros qilib olgan oʻz qadr-qimmatimizni his qilgan holda.
Biz har doim milliy gʻururni saqlab kelmoqdamiz, bu juda muhim xususiyat, hamma millatlarda ham bu mavjud emas va bizning vatanparvarligimiz, shu jumladan adolatni himoya qilish va zaiflarga yordam berishga tayyorligimiz juda muhim. Bular eng katta insoniy fazilatlar va kundalik hayotda biz ulardan faxrlanar ekanmiz, unda shubhasiz, xalqaro maydondagi pozitsiyamizda ham buni namoyon qilishimiz kerak", deydi Lavrov.
Vazirning taʼkidlashicha, shu bilan birga Rossiya har bir rus uchun qadrli boʻlgan oʻz tarixi va urf-odatlarini eʼtiborsiz qoldirib, Gʻarb bilan munosabatlarni rivojlantira olmaydi. Fuqarolarning farovonligi esa Rossiya tashqi siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi" deb yozadi deputat..
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring