Sizni iliq va quyoshli dam olish kunlari kutmoqda

Foto: Sardorbek Poyonov/"Xalq so`zi"
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 25-26-yanvarda Respublikamizda hukm suradigan ob-havo haqidagi maʼlumotni boʻlishdi.
Markazning maʼlum qilishicha, dam olish kunlari sovuq havo massalari Respublikadan chekina boshlaydi. Havo harorati koʻtarilishi fonida butun mamlakat boʻylab quyoshli va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Shanba kuni kechasi havo harorati 2 dan 7 darajagacha sovuq oraligʻida saqlanib, kunduzi 7-12 darajagacha iliq boʻladi. Yakshanba kuni esa kechasi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 9-14 darajagacha iliq boʻlishi taxmin qilingan.
Shuningdek, ayrim hududlarda shamolning tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bundan tashqari, Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjudligicha qoladi.
Poytaxtimizda dam olish kunlari yogʻingarchilik kuzatilmaydi, shamol 3-8 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Shuningdek, tuman tushishi ehtimoli bor. Havo harorati kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi esa 8-10 darajagacha iliq boʻladi.
Yakshanba kuni kechasi va ertalab yana tuman tushishi mumkin. Bu kunning harorati kechasi 0-2 daraja iliq boʻlib, kunduzi esa 11-13 darajagacha iliq boʻlishi kutilmoqda.
Fuqaro va haydovchilarga tumanli joylarda ehtiyotkor boʻlish, togʻli hududlarga esa safarni rejalashtirishda alohida eʼtibor berish tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Mirzo Bobur – buyuk imperiya asoschisi
- Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi
- Milliy gvardiyaga yangi vakolat berildi
- Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish masalalari muhokama qilindi
- Prezident “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring