Siz oʻz deputatingizni taniysizmi?
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Mingbuloq tumani saylovchilari bu savolga aniq javob beradigan boʻldi. Tuman hokimligining “Mingbuloq” gazetasi oʻzining yangi yildagi ilk sonida hududlardan saylangan deputatlarni oʻz oʻquvchilariga batafsil tanishtirdi. Maxsus qoʻshsahifada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylangan tuman hokimidan tortib iqtisodchi-yu muallim, tadbirkor-u fermerlardan iborat deputatlarning suratlari, ish joyi, telefon raqami va saylov okrugiga doir maʼlumotlar toʻla chop etildi.
— Biz deputatlarimizni tumanimiz taraqqiyoti va xalq turmush farovonligini oshirishga chinakam hissa qoʻshishi tizimini yaratishda ishtirok etyapmiz, — deydi nashr muharriri Qosimjon Akbarov. — Gazetamizda yoritilgan ushbu qoʻshsahifani plakat shaklida ham koʻp nusxada chop ettirdik. Yaqinda Qonunchilik palatasi deputati Zafarjon Xudoyberdiyev ishtirokida konferensiya oʻtkaziladi. U Qonunchilik palatasida Prezidentimiz tomonidan qilingan maʼruzada deputatlar oldiga qoʻyilgan keng koʻlamli vazifalarni batafsil tushuntirib beradi.
Tuman gazetasining xayrli tashabbusi eʼtiborga molik. Zero, har bir saylovchi oʻzi ishonib ovoz bergan deputatini tanishi, unga oʻzi yoki hududning dolzarb masalalari yuzasidan murojaat qilib, muntazam muloqot oʻrnatishiga buning foydasi tegishi aniq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring