Sirdaryoda toʻgaraklarni tashkil etishda ota-onalarning takliflari ham eʼtiborga olinyapti
Foto: “Xalq soʻzi”
Ahmadali Shernazarov/“Xalq soʻzi”. Bultur Sirdaryo viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabida xususiy sektor bilan hamkorlikda “Ingliz tili”, “Yosh dasturchi” toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilgandi. Shuningdek, “Kompyuter dizayn va grafikasi”, “Robototexnika” kabi bugungi kun talabiga mos yoʻnalishlardagi toʻgaraklar ham ochildi.
— Hozir maktabimizda 7 ta yoʻnalishdagi 23 ta toʻgarak faoliyat yurityapti, — deydi Sirdaryo viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Rustam Dusmuratov. — Viloyatimizdagi 12 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari boʻyicha jami 349 ta toʻgarak boʻlib, ularga 7874 nafar oʻquvchi-yoshlar qamrab olingan. Shu bilan birga “Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgaraklarining bevosita umumtaʼlim maktablarida ham tarmoqlari ham bor. Bu esa chekka hududlardagi oʻquvchilarning ham “Barkamol avlod” bolalar maktablari imkoniyatlaridan foydalanishlariga qulay imkoniyat yaratmoqda.
Eʼtiborlisi, toʻgaraklarni tashkil etishda zamon talabi bilan birgalikda ota-onalar va oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazib borilayotgan soʻrovnomalarga ham katta eʼtibor qaratilyapti. Masalan, ayni shakldagi oʻrganishlar natijasida “Madaniyat va sanʼat” yoʻnalishi boʻyicha “Yosh doirachilar”, “Fortepiano ijrochiligi”, “Oʻzbek milliy va jahon musiqa asboblari ijrochiligi”, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yoʻnalishi boʻyicha “Robototexnika va konstruktor”, “Yosh dasturchi” (Frontend-Backend), “Kompyuter dizayn va grafikasi”, “Yosh arxitektor”, “Xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha “English Language Testing System (IELTS)”, Prezident va ijod maktablariga tayyorlov boʻyicha toʻgaraklarini ochish maqsadga muvofiq, deb belgilandi.
Maʼlumot uchun aytish lozimki, oʻtgan yil boshida Guliston shahrida zamonaviy tipdagi viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi binosi qurib foydalanishga topshirildi. 350 oʻringa moʻljallangan ushbu maktabda toʻgaraklar, oʻquv-mashgʻulotlari uchun maxsus jihozlangan xonalar mavjud. Bundan tashqari, 100 oʻrinli axborot texnologiyalari kichik zali ham bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring