Sirdaryoda Oʻzbekiston-Qozogʻiston yoshlarining “Doʻstlik koʻprigi” forumi boshlandi
Foto: Халқ сўзи
Guliston shahrida Qozogʻiston Respublikasi Turkiston viloyati va Oʻzbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati yoshlarining “Doʻstlik koʻprigi” forumi boshlandi.
Dastlab Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gullar qoʻydi hamda Temuriylar tarixi muzeyida boʻlgan qardosh davlat yoshlari Guliston shahrida zoʻr shodiyonalik bilan kutib olindi. Soʻngra ulugʻ bobomiz Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qoʻyilib, buyuk shoirimizga ehtirom koʻrsatildi.
Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev bilan uchrashuvda Turkiston va Sirdaryo viloyatlari yoshlarining oʻzaro doʻstlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish haqida soʻz bordi.
— “Doʻstlik koʻprigi” forumi dasturi doirasida qator amaliy kelishuvlarga ham erishamiz, — deydi delegatsiya rahbari, Turkiston viloyati Yoshlar resurs markazi direktori Yerasil Tolebayev.
Viloyat musiqali drama teatrida oʻzbek-qozoq sanʼati namunalaridan tuzilgan konsert namoyish etildi.
Forum ertaga ham davom etadi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring