Sirdaryoda “Koreys tilini oʻqitish markazi” tashkil etiladi
Avval maʼlum qilganimizdek, shu kunlarda Janubiy Koreyaning Kvanju shahri Kvansan-gu tumani hokimi Pak Byun Kyu boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.
Delegatsiyasi tarkibidagi Janubiy Koreyaning oliy taʼlim muassasalari vakillari Guliston davlat universitetida boʻlishib, taʼlim jarayoni va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Oʻzaro muloqotlar chogʻida Kvanju shahrida joylashgan Honam universiteti prezidenti Pak San Chxol va Kvangju universiteti prezidenti Kim Dong Jin Guliston davlat universitetida koreys tili markazini ochish taklifini ilgari surdi.
Eng soʻnggi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadigan markaz toʻliq Janubiy Koreya oliy taʼlim muassasalari hisobidan moliyalashtiriladi.
Uchrashuvda, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida kadrlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, birgalikda ilmiy anjumanlar tashkil etish va qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish toʻgʻrisida memorandumlar imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring