Sirdaryoda bayram munosabati bilan matbuot va OAV xodimlari eʼzozlanmoqda

17:59 26 Iyun 2020 Jamiyat
860 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Sirdaryo viloyatida pandemiya va karantin talablariga rioya qilingan holda 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuniga bagʻishlagan tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

Kecha “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi rahbariyati markaziy, mahalliy OAV hamda internet nashrlarning bir guruh vakillarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi va ularga esdalik sovgʻalarini topshirdi. Adliya va Davlat xizmatlari agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan ham jurnalistlar mehnati munosib eʼzozlandi.

— Huquqiy targʻibot,yangi qonunlarning mazmun-mohiyati, umuman faoliyatimiz samaradorligini oshirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati juda katta, — deydi Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi Jamshid Nuritdinov.— Qolaversa,barcha tizimlarda boʻlgani kabi adliya organlarida ham axborot xizmatlarining tashkil etilganligi bu boradagi ishlarimizning yana-da samarali boʻlishini taʼminlamoqda.

Shuningdek, Shirin, Yangiyer shaharlari, Boyovut, Xovos tumanlari hokimliklarida ham sana munosabati bilan qutlov va taqdirlash tadbirlari tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер